TGViewer
Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal @ustoz · 169K subscribers
Post #10861 13.5K
⚡️BSB, CHSB bo‘yicha oʻquvchiga kunlik baho quyidagicha qoʻyiladi

Formativ baholash (kunlik baholash):
Oʻquvchi darsda

9-10 ball qo‘yiladi, agar
— faol, savollarga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa;
— ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob bersa, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa.

Uyga vazifalarni bajarishi:
— uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa;
— uyga vazifani toʻliq bajargan, baʼzi xatoliklar mavjud boʻlsa.

6-8 ball qo‘yiladi, agar:
— faol qatnashsa, fikrlarini qisman toʻgʻri bayon eta olsa;
— faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa;
— faol boʻlishga harakat qilsa, mavzuga doir savollarning ayrimlariga toʻgʻri javob bersa.

Uyga vazifalarni bajarishi:
— uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa.

0-5 ball qo‘yiladi, agar:
— faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa;
— savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa.

Uyga vazifalarni bajarishi:
— uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa;
— uyga vazifani bajarmagan boʻlsa.

Asos: MMTV ning 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli buyrug'i

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
More from @ustoz
  1. Oct 13, 2026⚡️14–21-OKTABR KUNLARI DEMO CHSBLARI O‘TKAZILADI. (YANGI BAHOLASHGAN O‘TGAN MAKTABLAR UCHU…
  2. Oct 13, 2026SURXONDARYOLIKLAR🗣 HDP oʻquv markazi BOYSUN QUMQO'RG'ON SHEROBOD SHOʻRCHI ANGOR QIZIRIQ U…
  3. Oct 13, 2026Post #10868
  4. Oct 12, 2026⚡️Ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat o…
  5. Oct 12, 2026⚡️Prezident Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi Prezident ayni va…
  6. Oct 12, 2026Post #10865
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →