⚡️«Kontrakt»dan toʻlangan soliqni «Soliq mobil ilovasi» orqali qaytarib olishni bilasizmi?
Jismoniy shaxslar “kontrakt” toʻloviga yoʻnaltirilgan 12% daromad soligʻini masofadan qaytarib olishi mumkin.
Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta .pdf faylda skaynerlangan holda) ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq imtiyozini qaytarish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar boʻlimida – “Ortiqcha toʻlovni qaytarish” xizmati orqali ariza yuboriladi.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10810
16.4K