#Umummilliy_diktant
🏛 Urganch davlat universitetida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi
✍️ Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy loyihada universitet rahbariyati boshchiligida barcha fakultetlarning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etib, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromini, yozma savodxonlik borasidagi bilim hamda ko‘nikmalarini namoyon etdi.
Loyihaning asosiy maqsadi davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzini yanada yuksaltirish, ona tilimizning boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish, yozma nutq madaniyatini rivojlantirish hamda yosh avlod qalbida milliy tilimizga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat.
Ona tiliga ehtirom — millatning o‘zligi, tarixi va ma’naviy merosiga bo‘lgan hurmat ifodasidir!
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Post #88542
2.44K









- ❤ 7
- 👍 6
- 🔥 2
- 🕊 1