✔️ Sizda dunyoni oʻzgartirishga loyiq, atrofdagilarga ulashishga arziydigan gʻoya bormi? Unda bu aynan siz kutgan imkoniyat!
Urganch shahridagi barcha Oliygoh talabalari uchun TEDx Saralash Musobaqasiga start beramiz!
📌 Asosiy shart:
Ishtirokchilar 5 daqiqalik TEDx stilida ilhomlantiruvchi va taʼsirchan nutq soʻzlashlari kerak boʻladi.
🏆 Gʻoliblarni nima kutmoqda?
Gʻoliblar shunchaki esdalik sovrinlari bilan cheklanib qolishmaydi — ular Rasmiy TEDx tadbirida ASOSIY SPIKER sifatida katta sahnaga chiqish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar!
🗓 Sana: 19-oktabr, Dushanba
⏰ Soat: 14:00
📍 Joy: Al-Xorazmiy universiteti
Oʻz gʻoyangiz bilan sahnani zabt etishga va minglab insonlarni ilhomlantirishga tayyormisiz?
👇 Unda hoziroq roʻyxatdan oʻting va imkoniyatni qoʻldan boy bermang:
🔗 Roʻyxatdan oʻtish havolasi
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube