Bugun Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlikda intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.Xo‘jamuratov va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining Ixtiro va foydali modellar xizmati rahbari I.Abdukadirov, “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash hamda EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari bo‘limi boshlig‘i J.Shamshetov hamda Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishga ko‘maklashish va hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining Xorazm viloyati filiali bosh maslahatchisi A.Abdusharipov ishtirok etdi.
Davra suhbati institut huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyati doirasida tashkil etilib, ilmiy faoliyat natijalarini intellektual mulk obyektlari sifatida muhofaza qilish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook🌐Instagram📹YouTube









