🤩 Urganch davlat pedagogika institutida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi.
Ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish, yozma savodxonlikni oshirish hamda davlat tilining nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan loyihada professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.
Ishtirokchilar diktant yozish orqali o‘zbek tili imlo qoidalari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazib, savodxonlik ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.
Ona tilimizga ehtirom — millatimizga ehtirom!
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook🌐Instagram📹YouTube









