TGViewer
UrDPI • УрГПИ • UrSPI UrDPI • УрГПИ • UrSPI @urdpi_uz · 6.27K subscribers
Post #45222 1.06K
#xalqaro_hamkorlik | #Rossiya

🇺🇿🇷🇺 Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar Rossiya Federatsiyasining Povoljya davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti “Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda metodikasi” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Zotova Firuza Raxmatullovna bilan uchrashdi.

Muloqot davomida jismoniy tarbiya va sport ta’limi sohasida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-akademik aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy loyihalarda hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube
  • 👍 3
  • ❤ 2
More from @urdpi_uz
  1. Oct 15, 2026⏺🟦🟦🟦 | #Osh_chempionati 🤩 🇺🇿 Ayni daqiqalarda Talabalar turar joyida osh chempionati…
  2. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch ch…
  3. Oct 15, 2026Sunʼiy intellekt, texnologik taraqqiyot va inson salohiyati — eʼtibor markazida O‘zbekisto…
  4. Oct 15, 2026#xalqaro_hamkorlik | #Rossiya 🎬⏩ VIDEOLAVHA 🇺🇿🇷🇺 Urganch davlat pedagogika institutid…
  5. Oct 15, 2026#Payshanba_Yoshlar_kuni 🎬 Videolavha 🤩 Urganch davlat pedagogika institutida “Rahbar va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →