#kelajakka_qadam
🤩 Urganch davlat pedagogika institutida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
Bitiruvchi bosqich talabalari bilan ishlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Urganch davlat pedagogika institutida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zmilliybank AJ Xorazm amaliyot BXM boshqaruvchisi Sh. Madraimov hamda “Kelajakka qadam” menejeri U. Bekmanov ishtirok etib, talabalarga dastur doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlardan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda biznes loyihalarni amalga oshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni moliyalashtirish imkoniyatlari, kredit olish uchun zarur hujjatlar hamda loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan tegishli javob va tavsiyalar oldilar.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook🌐Instagram📹YouTube
Post #45190
1.33K










- ❤ 1