TGViewer
Unilance Unilance @unilance · 14.8K subscribers
Post #7831 2.3K
🚀 Backend Developer (PHP/Laravel) — Middle / Middle Strong kerak

Celion.io outsourcing kompaniyasi jamoasiga PHP/Laravel Backend Developer izlamoqda.

Agar siz backend development sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz, murakkab loyihalarda ishlash va professional rivojlanishni xohlasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz!

📌 Vazifalar:
• PHP/Laravel asosida backend servislarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash;
• Mikroservis arxitekturasini loyihalash va joriy etish;
• RabbitMQ va message queue'lar bilan ishlash;
• RESTful API'larni yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
• PHPUnit yoki Pest yordamida testlar yozish va qo‘llab-quvvatlash;
• Ilovalar unumdorligini optimallashtirish va tizimlarni masshtablash;
• Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va SQL so‘rovlarini optimallashtirish;
• AI vositalaridan foydalanish va yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish.

🔎 Talablar:
• PHP/Laravel bilan kamida 2 yil professional tajriba;
• Laravel 8+ bilan yaxshi amaliy tajriba;
• MVC, Service Providers va Middleware bilan ishlashni tushunish;
• PostgreSQL yoki MySQL bilan ishlash tajribasi;
• SQL so‘rovlarini optimallashtirish, indekslar va tranzaksiyalar bo‘yicha bilim;
• Redis bilan ishlash tajribasi;
• RabbitMQ bilan ishlash tajribasi;
• RESTful API yaratish va integratsiya qilish tajribasi;
• Docker / Docker Compose;
• O‘zbek tili — erkin, Ingliz tili — B1 va undan yuqori darajada bilish;
• AI vositalaridan ish jarayonida samarali foydalanish.
⭐ Qo‘shimcha ustunlik beradi:
• Symfony yoki Yii bilan tajriba
• GraphQL
• OAuth / JWT
• Memcached
• JavaScript, Vue.js, TypeScript
• DAX, M, Power BI Dashboards, Data Gateway va Cloud Reports bilan ishlash tajribasi

💰Takliflar:
• Maosh: $1000 dan boshlab
• Yakuniy maosh suhbat natijalariga ko‘ra kelishiladi
• Real xalqaro loyihalar va zamonaviy backend texnologiyalari bilan ishlash
• AI vositalaridan foydalanish va AI yo‘nalishidagi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash
• Professional o‘sish — Middle Strong darajasiga chiqish va undan keyingi rivojlanish imkoniyati
• Murakkab texnik vazifalar — microservices, RabbitMQ, Redis, REST API va boshqa zamonaviy texnologiyalar
• Kuchli texnik muhit va tajribali developerlar bilan ishlash
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga qabul qilish.

Ish grafigi: 5/2, full time, offline, 09:00–18:00
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Binokor ko‘chasi, 69

🧩 Saralash jarayoni: Suhbat davomida nomzodga bir nechta mantiqiy case'lar va oddiy matematik masalalar beriladi.

📩 Rezyumeni yuborish uchun: @hr_ufarmer

@unilance - eng yaxshisi siz uchun
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • 🔥 2
  • 🤯 1
More from @unilance
  1. Oct 8, 2026#middle #dataengineer ⚡️Middle Data Engineer — Databricks / PySpark / Data Vault We are lo…
  2. Oct 7, 2026#mem Ishga kirish uchun ideal rezyume - 🔥 @unilance - eng yaxshisi siz uchun
  3. Oct 7, 2026#vakansiyalar #EPAM'da karyera imkoniyati Senior AI Agent Engineer Lead AI Agent Engineer…
  4. Oct 7, 2026🍇Uzum Cybersecurity Hackathon Kuchli loyiha sizga nafaqat sovrinli o'rinni, balki undan h…
  5. Oct 7, 20261500+ aʼzoga ega Telegram kanal bilan daromad Yandex Reklama tarmogʻida monetizatsiyani yo…
  6. Oct 7, 2026#imkoniyat Biznes, IT, AI, marketing, analitika yoki investitsiya sohalariga qiziqasizmi?…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →