Mobil dasturchilarga bir iltimos bor edi.
Jiyanim (salkam 3 yosh) Youtube'da bema'ni multfilmlarga o'rganib qolgan. Va bundaylar ko'p.
Shu sabab Youtube'dan ota onalar o'zlari tanlab olib(copy url), bizni dasturga o'tkazib turadigan bir dastur qilmoqchi edim. Ishlar bilan hech ulgurmayapman.
Shorts va videolarni qilish kerak. Shorts'ni "embed" qilish ochiq emas, faqat URL'dan "shorts" yozuvini "embed"ga o'zgartirsa ishlaydi.
Xullas shunday bir ajoyib va kichkina dasturcha kerak. Youtube videolarini ota-onalar tanlashi va dasturga qo'shishi kerak. Bola esa shuyerdan ko'rishi kerak. (Youtube'ga kiritmaslik kerak)
Youtube kids variant emas. Dabdala multiklar fitfillion ta. Ajratish amri-mahol.
(Tayyori bo'lsa nomini aytinglar-e baraka topgurlar 😁)
Post #2105
5.18K
- 👍 85
- 🔥 12
- 🌚 4
- 🤣 2
- ❤ 1