Pullar kimniki? Oxirgi paytlardagi mavzulardan biri byudjet pullari haqida bo'layotgan ekan. Nihoyat qiziqroq mavzu. Shu joyda bir fikrimni siz azizlarga bildirsam degandim.
Shu paytgacha dasturlash bo'yicha ishlagan pullarim 93 000$ atrofida ekan(Xudoga shukur).
Ko'pincha IT Park rezidentligi ostidagi kompaniyalar bilan ishlaganimni hisobga olsak, oddiy oylik daromad solig'im 7.5% bo'ladi.
Endi ozgina matematika:
93 000 * 0.075 = 6 975Demak shu paytgacha jonajon davlatimizga tahminan
6 975$ daromad solig'i to'laganman.
Hali boshqa soliqlarni umuman qo'shmayapman. Ishlamasdan turib ham yaxshigina soliq to'laymiz. Ularni qo'shsak aniq kamida oyligimni yarimiga yaqinlashib qoladi.
Iya ha? Byudjet pullari qayerdan kelayapti ekan? Juda katta qismi siz va bizni soliqlarimizdan, biznesmenlarni soliqlaridan va hokazo. Bu barcha davlatdagi kabi bizda ham shunday. Bu normal.
Shu sabab byudjet sarfi haqida gaplashar ekanmiz, o'zimizni pulimiz haqida gaplashamiz.
Kimgadir sportchilarga shuncha milliard so'mlab berilishi yoqmasa, bu uning haqqi. Chunki o'sha pullar ichida uning ham haqqi bor.
Ha aytgancha, internetda "naushnikcha"larni taqib olib, "podkastcha"larda o'zini aqllidek ko'rsatadigan hammani ham eshitavermanglar.
#thoughts #byudjet
@umar_shares