2-3 yil oldin, uysiz paytim qo’limda $20.000'cha pul bor edi. Bir quruvchini oldiga borgandim. Shu pulni olib, qolgan summani bo’lib berishga qilib bering degandim.
Taklif bergan. Aytilgan vaqtida bitadimi desam, “Sizni bu narsa haqida so’rashga haqqiz yo’q, bo'lib berishga berayotganimiz katta gap” — degan ma'noda javob bergandi 😅
O'zimni bechoradek his qildirgan, qo'limda shuncha pul bilan. Rosa xafa bo’lganman va ketganman.
Shu vaqt davomida qarz qilib 1 xonalik uy oldik. Shu uyda yashab turib, qarzni uzdik. So'ng uni sotib hozir o'sha quruvchilarni uyini oldida, yaxshiroq quruvchidan, kadastrli, odamlar yashayotgan, keng va yaxshi uy oldik, Alhamdulillah.
Eng qizig'i, ularni uyi hali ham bitmagan 😄 Hali beri bitadiganga ham o'xshamayapti.
Alloh hikmatli zot. O’zingizni qadringiz bo’lmagan joyda baraka yo’q ekan.
Qissadan hissani esa izohlarda siz yozing ⬇️
#uy
@umar_shares
Post #922
805
- ❤ 33
- 🔥 8