TGViewer
Umar shares Umar shares @umar_shares · 708 subscribers
Post #860 733
Tushuntirish

Tepadagi postdan maqsad shuki: hayotda har xil hodisalar bo‘ladi. Biz musulmon o'laroq hamma narsa O'zining ilmi va taqdiri bilan bo‘lishiga ishonamiz. Shu sabab 100% mustaqil “tasodif” degan narsa yo‘q.

Lekin bu degani — har bir uchragan voqeani “bu menga Allohdan maxsus belgi” deb talqin qilish kerak degani ham emas.

Ba’zi hodisalar bizga ishoradek tuyulishi mumkin, lekin ular, sayoz ma'noda aytsak "tasodif" xolos.
Shuning uchun har narsaga haddan tashqari ilohiy tus berib, qarorlarni faqat “belgi”larga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emas.

Alloh bizga aqlni ham bekorga bermagan. Muhim qarorlarda inson aqlini ishlatishi, sabablarni ko‘rishi, maslahat qilishi, istixora qilishi va keyin tavakkal qilishi kerak.

Postning maqsadi shu edi: hayotdagi har bir hodisani “O'zidan belgi” deb qabul qilmaslik kerak. Ayni damda "belgilar"ga befarq bo'lmagan holda.

Bu ayniqsa juft tanlash, kasb tanlash, ish boshlash kabi katta qarorlarda seziladi. Masalan, kulguliroq qilib aytsak: “Oyposhshaga ham menga yoqadigan ovqatlar yoqar ekan, balki bu belgidir”, deb xulosa qilib yuborish xato albatta. Shu kabi boshqa qarorlarda ham sayoz tasodiflarga berilib qaror qilmaslik kerak.

Bunday qarorlar faqatgina belgi bilan emas, balki dalil, aql, maslahat, istixora va tavakkal bilan qilinadi. Belgilar esa insonning o'zi va Allohga oid siri. Uni tushunish darajasiga yetish uchun esa yaxshigina ilm kerak.

#fikr

@umar_shares
  • 🔥 17
  • 💯 4
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
More from @umar_shares
  1. Sep 30, 2026Choy mavsumiyam boshlandi 🫖
  2. Sep 29, 2026Kanallarimda yaxshi post yozsam ham odam chiqib ketadi, yomon post yozsam ham odam chiqib…
  3. Sep 29, 2026Mebellarni arzon joyi qayerda? Kim biladi? ;) Yotoqxona mebeli va stol stul olishimiz kera…
  4. Sep 28, 2026Ba'zi "muommo"lar siz e'tibor berganingiz uchungina mavjud. #fikr @umar_shares
  5. Sep 27, 2026Vaksina nomi: Influvac Tetra O’tgan yil ham shundan olganman. Shifokoringiz bilan maslahat…
  6. Sep 27, 2026Grip mavsumi ham boshlandi 🥲🤧 Vaksina olib qo’yish kerak bu yil ham.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →