Endi bo'shadim. Komment yozgan barchaga rahmat. Tabriklar uchun tashakkur.
Uy va mashinani sotib, kichkinagina qarzcha qilib uy oldik bugun. Xonsaroy Ocean loyihasidan. Ikkinchi qo'l, kadastrlari tayyor. Bu uyni e'lonini ertaroq ko'rgandik. Ayolim shuni oliylik deb qo'ymagandi. "Pulimiz yetmaskanda, agar bizga yozilgan bo'lsa bizga keladi" — degan ma'noda aytgandim.
Kecha UZARO bilan shartnoma qilgan edik, mashinamda borgandim. Uyni shular orqali olmoqchi edim. Lekin ko'nglim to'lmayotgan edi. Sababi kimgadir oylik to'lov to'lab yashashni juda qattiq yomon ko'raman. Birovga bog'lanib qolishni yoqtirmayman.
Xullas, shartnoma qilib chiqib, mashinamni so'rayotgan akaga rozilik berdim. Shu kunni o'zida sotdik. Shu uyga telefon qildim, sotilmagan ekan. Narxini yana ham tushib berishdi, Alloh rozi bo'lsin. Joyida uyni ko'rib, "zaklad" berdim. Yaqin akamdan 1500$ qarz ham olib, bugun mana notarius tugadi. 24-30 soat ichida bo'lib ketdi hammasi. Muhimi oylik to'lov degan zanjirsiz oldik, Alhamdulillah.
Uyga qiziqqanlar bo'lsa: Maydoni 75kv + 16kv balkon, narxi 60.500$'ga tushdi. Karobka. Sekiin remont qilib olarmiz, inshaaAlloh.
#uy
@umar_shares
Post #842
1.01K
- 👍 51
- 🔥 16
- ❤ 6
- 🥰 2