TGViewer
Umar shares Umar shares @umar_shares · 708 subscribers
Post #831 977

Forwarded from Aziz Rahimov

Daromad ko’payganidan keyin, puldorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.

Obunchalilar ko’payganidan keyin, mashhurlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.

Ilmiy ish qila boshlasangiz, professorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.

Mansab zinalaridan chiqa boshlasangiz, rahbarlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.

Bir tarafdan tushunarli.

Odam o’zida yo’q narsaga ko’proq qoyil qoladi.

Boshqa tarafdan, yuqoridagi yutuqlar, oddiy ishlar + omadning natijasi ekanligini tushuna boshlaysiz.

Bitta holat bundan mustasno ekan.

Nafsingiz bilan kurash ko’payganidan keyin, nafsidan g’olib kelganlarga hurmatingiz kamayib qolmaydi. Ko’payib boradi.

Jarayonga kirishmaguncha bu ishni oddiy deb o’ylagan edingiz.

Kirishganingizdan keyin, oddiy ko'ringan odamlarning buyukligi bilinib qoladi.
  • 🔥 21
  • 👍 6
  • ❤ 3
More from @umar_shares
  1. Sep 30, 2026Choy mavsumiyam boshlandi 🫖
  2. Sep 29, 2026Kanallarimda yaxshi post yozsam ham odam chiqib ketadi, yomon post yozsam ham odam chiqib…
  3. Sep 29, 2026Mebellarni arzon joyi qayerda? Kim biladi? ;) Yotoqxona mebeli va stol stul olishimiz kera…
  4. Sep 28, 2026Ba'zi "muommo"lar siz e'tibor berganingiz uchungina mavjud. #fikr @umar_shares
  5. Sep 27, 2026Vaksina nomi: Influvac Tetra O’tgan yil ham shundan olganman. Shifokoringiz bilan maslahat…
  6. Sep 27, 2026Grip mavsumi ham boshlandi 🥲🤧 Vaksina olib qo’yish kerak bu yil ham.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →