Maktab davri
Hozir eslasam, eng bekorchilikka sarf qilgan davrlarimdan biri ekan.
O’zim qilgan xatolarni qilmasligingiz uchun, hali o’qiyotganlarga maslahatlarimni bersam degandim.
Maktabni bitirishim bilan qandaydir o’zimni boshqacha his qilgandim. Qo’rquv hisi. Ahmoqlik qilib o’tkazgan vaqtlarimni badalini to’laydigan davr kelyapti. Erkak kishi sifatida jamiyatga manfaat keltiradigan shaxs sifatida qo’shilishim kerak. Bir kuydirgi tekintomoq sifatida emas. Men esa tayyor emasman. Na aytarlik ilm egasi, na hunar egasi edim.
Qo’rqqanman. Chunki yelkamga pul topish mas’uliyati kelayotgan edi. Men esa bu mas’uliyat so’ralmaydigan davr, maktab davrimda vaqtimni tayyorlanishga yetarlicha sarflay olmadim. Biror kasb yoki hunar uchun kerak bo’ladigan ilm olmadim.
Universitetga kirib bu hislardan qochmoqchi ham bo’ldim. Unga ham kira olmadim. Chunki vaqtida o’tilgan mavzularga beparvo edim. Bo’sh vaqtlarimni to’g’ri sarflamagandim.
Endi maslahatimni aytsam.
1. Maktab davringizdan unumli foydalaning. Ilm uchun eng ko’p ajrata oladigan payt shu.
Matematika, Ingliz tili, Rus tili….
Maktabniki yetarli bo’lmasa qo’shimcha boring. Vaqtingizni unumli ishlating.
2. Sevgi-muhabbat, o’ldim-kuydim, sog’indim kabi bekorchi narsalardan uzoq bo’ling. Ishonavering bu ishni qilayotgan bo’lsangiz, vaqti kelib qattiq afsus qilasiz. Unda esa kech bo’ladi. Chalg’imang. Chalg’imang. Pok saqlang o’zingizni, qalbingizni. Gaplashib yurmang hech kim bilan.
3. Yoshlikdan do’st tanlashga jiddiy e’tiborli bo’ling. Sizga zarracha zarari bor do’stlardan uzoqlashing. Ilm yo’lingizga tushushiga yo’l qo’ymang. Kerak bo’lsa yolg’iz yuring.
4. Hamma bilan yaxshi munosabatda bo’ling. Ishonavering janjallashishni hech foydasi yo’q. Yosh bola bilan janjallashmaysizku axir ?)
5. Tugab qoldi maslahatlarim… balki boshqalarda bordir kommentda)
#maslahat
@Josh_shares
Post #67
1.6K
- 👍 30
- 💯 7
- 🫡 7
- ❤ 1