Biz o'zimizga dushmanmiz
Bizni O'zbeklarni eng yomon xususiyatlaridan biri, bilib-bilmay o'z yaqinlarini muvaffaqiyatiga to'g'anoq bo'lishidir.
Masalan, bola chet elga o'qishga ketadi. Uyidagilari esa bolani yaxshi o'qishidan ko'ra, pul jo'natishidan "kayp" qilishadi, maqtanib yurishadi.
Yaqini biznes(masalan restoran biznesi) qiladi. Unga oyoqqa turishga ko'maklashish o'rniga, tekinga ovqatlanib ketishga "kayp" qilishadi.
Maqsadlarimiz va himmatimiz juda pastligi sababli boshqalardan ham shuni kutamiz. Endi oyoqqa turishga harakat qilayotgan odamlarni allaqachon "oyoqda" deb o'ylaymiz, ulardan foydalanamiz. Yordam bermasa emotsional zarba berib, xafa bo'lib olamiz. Xullas, maksimal zarar yetkazamiz.
Biz shunaqa, o'z-o'zimizga dushmanmiz.
Balki, shunga ham oramizdan katta-katta insonlar juda kam chiqar...
#thoughts
@umar_shares
Post #502
1.06K
- ❤ 24
- 💯 10
- 👍 5
- 👀 4
- 🔥 3