O’tgan yili ayolim bilan bo’lgan bir hodisadan xabardor bo’lib qoldim. (UPD: kompaniya bilan masalani hal qildik va nomini yashirishga qaror qildik)
Ayolim Copywriter, Andijondagi W.... nomli IT akademiyasiga pulga postlar yozgan ekan. Lekin pulini berishmagan, sudrab yurishgan. Oxiri xo’jayiniga chiqqan. O’z halol haqqini so’rab. Xo’jayini hal qilaman deb, qilolmagan. Qayta eslatganida esa, pul tashlab, jerkib gapirgan ekan. Quyidagicha ma’noda:
— “Bo’ldimi? Ko’nglingiz to’ldimi?”
— …..(Ha rahmat degan)
— Meniki esa to’lmadi, vaqtimni olganiz uchun qiyomatda javob berasiz. Bu sizlarni o’rtangizdagi muommo edi.
degan ekan.
Tovba. Man ham xodim, ham boshliqman. Ikkisini o’rnida ham bo’lib turib ayta olamanki, agar ayolim haqqini so’rab yozmaginida, qiyomatda shu xo’jayinni o’zi javob bergan bo’lar edi. E’tiborsizligi uchun. Hali oxirgi gapi uchun qanday javob berar ekan W.... xo’jayini? Alloh biladi…
Asabim buzilganiga yozdim. U joy haqida birinchi marta eshitishim, adovatim yo’q. Lekin xunuk ish bo’libdi...
Qanday odamlar bor a?
Post #489
1.66K
- 💔 26
- 👍 5