Juda kichik tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, ko’pchilik uylanish uchun 20-22 yosh kichik deb hisoblar ekan.
Bunga sabab bu yoshdagilarni ko’pchiligi rostan yosh. Lekin bu qoida hamma uchun emas.
Turmush qurish yoshini belgilab olishadi. Bu qoida ham hamma uchun emas aslida. Omma uchun. Hamma uchun xos emas.
Chegaralardan tashqari ham fikrlay olishi kerak ba’zi odamlar.
Har bir inson uchun o’ziga xos bu ko’rsatkichlar. Kimdir 25-30 yoshida o’zini tayyor deb hisoblasa, kimdir ancha yoshroq.
O’zi tayyorlik ham nisbiy tushuncha. Odam o’ziga o’zi har doim ham to’g’ri baho berolmaydi. Biror ahli ilm bilan maslahat qilgani yaxshi.
#tanqid #maslahat
@Josh_shares
Post #37
469
- 👍 15
- ❤ 4