TGViewer
Umar shares Umar shares @umar_shares · 704 subscribers
Post #290 1.11K

Forwarded from Aziz Rahimov

Ko'rinmaydigan o'lchovlar

Jismoniy tarbiyada bo’yimizga qarab taxlashardi. Bo’y o’lchov edi.

Universitetga kirganlar ro’yxati balanddan, past ballga qarab tushadi. Ball o’lchov edi.

Forbs uchun - pul o’lchov, reklamaga - obunachilar soni o’lchov.

Bittada ko’rinmaydigan o’lchovlar ham bor. Ko’pincha sezmaymiz.

Bir o’qituvchi kirish imtihonimizdan o’ta olmadi. 6 oy o’tib bildimki hamma o’quvchisini faniga sevdirgan ekan. Buni o’lchash qiyin edi.

Tanishimiz boyib ketdi. Gaplashib qoldik. Raqamlarda hayoti o’sgan. Halovati kamayganini aytdi. Buni tashqaridan hech kim o’lchay olmasdi.

Do’stim oyligini yig’ib qimmat mashina oldi. Ishidan doim noliydi. Oylikni o’lchash oson. Ishdan rozilik oson o’lchanmaydi.

Minglab obunachisi borlar bor. Influencerman deydi. Boshqasini 127 ta obunachisi bor, har biri yarim kechasi oldiga yetib borishga tayyor.

Ko’p narsalarni oson o’lchab bo’lmaydi. Aslida eng muhim narsalarni bittada o’lchab bo’lmaydi.

Oson o’lchanadigan narsalarga chalg'ib (vazn, chiroy, pul, obunachi), qiyin o’lchanadiganlarini (xotirjamlik, iymon, mardlik, ishonch) unutib qo'ymang.

@azizrakhimov_blog
  • 👍 8
  • 💯 1
More from @umar_shares
  1. Oct 7, 2026O'g'limizni birinchi marta bog'chaga 2 soatga bergandik. Kelgandan beri rosa mehribon bo'l…
  2. Oct 7, 2026O'z avtoturargohingiz bo'lsa mazza ekan. "Parkovka"si bilan sotib olgan edik. Qo'shnilar o…
  3. Oct 6, 2026Ijarada turgan uyingizni topshirish juda bir stressli narsada, hecham silliq o’tmagan. Siz…
  4. Oct 4, 2026Ilk tongimiz 🥲 Alhamdulillah
  5. Oct 3, 2026Bo’ldi ko’chib oldik Alhamdulillah. Yordamlashganlarga katta rahmat, kanalimizdan chiqdi k…
  6. Oct 3, 2026Biz ko’chishimizga 2 soatli ish qolgandi, 1 ta odam kerak yordamga. Hozirga, Yashnobod tum…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →