TGViewer
Channel Public Channel
Ulugbek Samigjonov | Blog

Ulugbek Samigjonov | Blog

@ulugbeksamigjonov

Shaxsiy tavsiyalarim, tajribalarim va fikr-mulohazalarim
Subscribers
2.63K
Photos
58
Videos
6
Links
66
Recent Posts 20 shown
Post #243 1.14K
Podcast boshladik.

Qurganlar gapiradi.

Birinchi epizod: https://youtu.be/PLsoc9iWuCM.

Startup qilayotganlar uchun must-watch.
  • 🔥 30
  • 👍 5
  • ⚡ 3
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • 🏆 2
Post #242 3.51K
AI - asosan prompt ustida ishlash.

Qanchalik tez prompt bersak, shunchalik tez natija olamiz.

Prompt yozish esa juda sekin.

Gapirish yozishdan 4 baravar tezroq.

Promptni yozmang, gapiring. Yozish endi eskirdi. Gapirish esa trend'da.

Yuzlab dasturlar bor. WisprFlow'dan foydalanaman. Tekini ham yetadi.
  • 😱 27
  • 👍 17
  • 🔥 9
  • ❤ 2
  • ⚡ 2
  • 😁 1
  • 🕊 1
Post #241 3.32K
10-xulosa: IT industriyasi "xaos" (tartibsizlik) ichida

"Bugungi kunda soha holatini bir jumla bilan qanday ta'riflagan bo'lardingiz?" degan savol berildi. Eng ko'p tilga olingan umumiy javob "xaos" boʻldi. Har 10 kishidan 3 nafari o'z javoblarida o'zgarish, xaotik, noaniq, beqaror va doimiy harakatda kabi so'zlardan foydalangan.
  • 🔥 23
  • 👏 2
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
Post #240 2.64K
9-xulosa: Menejerlar hali ham baxt darajasini belgilovchi faktor

Menejerning samaradorligi burnout (kuchli toliqish) darajasiga ta'sir qiluvchi eng kuchli omil. Kuchli va o'z ishining ustasi bo'lgan rahbar qo'l ostida ishlash xodimlarning ruhiy holatiga keskin ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Samarali rahbar bilan ishlaydigan xodimlarning oʻz ishidan zavqlanish darajasi taxminan 65% ga yuqori, charchash (burnout) koʻrsatkichi esa ancha past.
  • 🔥 13
  • ⚡ 3
  • 👍 2
Post #239 2.24K
8-xulosa: Startap asoschilari eng baxtlilar, kichik kompaniyalar esa eng yaxshi ish joyi

Startap asoschilari (Founders) eng baxtli qatlam, kichik kompaniyalar esa yiriklariga qaraganda qulay ish joyi bo'lib qolmoqda.

Asoschilar va top-menejerlar deyarli barcha ko'rsatkichlar boʻyicha yuqori o'rinda: ularda optimizm darajasi va ishdan zavqlanish eng yuqori, burnout va ishdan bo'shatilish xavotiri esa eng past. Asosiy sabab - egalik hissi (ownership)

Kompaniya qanchalik katta bo'lsa, xodimlarning ruhiy salomatligi, kelajakka ishonchi va ishdan mamnunligi shunchalik yomonlashib boradi. Kichik jamoalarda odamlar ko'proq erkinlikka ega va AIdan samaraliroq foydalanishmoqda. Yirik kompaniyalarda esa, aksincha.
  • 🔥 13
  • ⚡ 2
  • ❤ 2
Post #238 1.47K
7-xulosa: Dizayner va tadqiqotchilar eng katta xavotirda

Dizaynerlar va tadqiqotchilar (Researchers) AI keltirib chiqargan xavotirlarning eng markazida turishibdi, kompaniya asoschilari (Founders) va top-menejerlar (Executives) oʻzlarini eng qulay va xotirjam his qilayotganlar.
  • 🔥 11
  • ⚡ 2
Post #237 1.39K
6-xulosa: Deyarli barchada ikki xil tuyg'u (Ambivalent)

Xodimlar orasida eng ko'p kuzatilgan holat, bu bir vaqtning oʻzida ham ijobiy, ham salbiy hislarni tuyish, ya'ni kuchli ikkilanishdir.
  • 🔥 14
  • 🕊 3
  • ⚡ 2
Post #236 1.57K
5-xulosa: Asosiy qo'rquv - ish hajmining haddan tashqari ortib ketishi (Overworked)

Eng ko'p tashvishga solayotgan narsa - AI sababli ish unumdorligi talabi (bar) o'sishi, lekin buning evaziga oylik maosh oʻzgarmasdan, shunchaki yanada ko'proq mehnat talab qilinishi. Xodimlar ishning yanada tezroq, qiyinroq va arzonroq bo'lib ketishidan xavotirda.

Xodimlar AIdan bo'shagan vaqt evaziga dam olishmayapti, aksincha, ularga yanada ko'proq vazifa yuklashmoqda.
  • 🔥 16
  • 😁 6
  • ⚡ 3
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #235 1.49K
4-xulosa: Samaradorlik oshgan, lekin sifat emas

AI xodimlarining ish tezligi va samaradorligini keskin oshirgan boʻlsa-da, yakuniy mahsulot sifatini yaxshiladi degani emas.

Samaradorlik ortishi ortidan insoniy tafakkur va intellektual qobiliyatlarning zaiflashishi kuzatilmoqda. Xodimlar endi mustaqil fikrlash hamda muammolarga chuqur yechim izlash o'rniga, shunchaki AIdan kelgan tayyor javoblarga tayanib qolmoqda.
  • 🔥 27
  • ❤ 3
  • ⚡ 3
  • 👍 1
Post #234 1.62K
3-xulosa: Mutaxassislari o‘z kasblarini tavsiya etishmayapti

Xodimlarining yarmidan ko'pi sohaga yangi kirib kelayotganlarga o'zlari tanlagan yo'ldan ketmaslikni maslahat bermoqda.

Tajribaga ega, aloqalarni yo'lga qo'yib olganlar sohada qolib, eplab ketishga ishonmoqda. Lekin orqadan kelayotganlarga esa qiyin bo'lishini tahmin qilishmoqda.

- - - - - - - -

Shaxsan o'zim hali ham sohani tavsiya qilaman. Sohaga kirishning eng yaxshi, va eng yomon payti ham hozir. Faqatgina qanday yondashishga bog'liq.
  • 👍 27
  • 👏 6
  • 🔥 5
  • ⚡ 1
Post #233 1.62K
2-xulosa: Burnout (qattiq toliqish) ko'paygan, sohadagi karyera bo'yicha optimism esa tushgan

Hozirda har ikkinchi xodim jiddiy charchashni his qilayotganini aytgan. Har to'rtinchisi esa "juda qattiq" yoki "butkul" charchagan holatda.

Kelajakka ishonch bilan qarayotganlar soni yarimdan ham kamaydi.
  • 🔥 17
  • ⚡ 5
Post #232 1.85K
1-xulosa: Soha xodimlari ikkiga ajralmoqda

1) Amplified - bular AI orqali kuch olganlar, ya'ni AI yordamida ko'proq va yaxshiroq qila olishga ishonishadi. Ular kelajakga optimistik qarashmoqda va burnout bo'lish holatlari kamroq.

2) Diminished - bular AI tufayli qadrimni yo'qotdim deb o'ylayotganlar. Kayfiyat tushgan, burnout holatlari esa oshgan. Kelajakka esa pessimistik qarashmoqda.
  • 🔥 31
  • ⚡ 2
Post #231 2.03K
Lenny 2026-yilda tech sohasidagi xodimlarning kayfiyatini o'rganibdi.

10 ta xulosa qilingan.

Birma-bir ko'rib chiqamiz 👇
  • ❤ 10
  • 👍 5
  • ⚡ 2
Post #230 4.21K
SpaceX Cursor startupini 60 milliard dollarga sotib olayotgan ekan.

Ma'lumot uchun Cursor 4ta dasturchi tomonidan, VSCode'ni fork qilib, ustiga LLM qo'shib ishlab chiqilgan dastur edi. 3.5 yillik kompaniya.

Startup quring 🙂
  • 🔥 107
  • ⚡ 23
  • ❤ 12
  • 👏 4
  • 👍 2
Post #229 3.42K
AI'ni deyarli istalgan sohada yoki muammo uchun yechim sifatida qo'llasa bo'ladi.

O'tgan yili Angliya vizasiga topshirish uchun visa agentligidan foydalangandim. To'lovi 500$ bo'lgandi.

Bu safar yana pul ketkazgim kelmadi. Claude'ga ma'lumotlarimni kiritdim: passport, resume, ID card, chaqiruv qog'ozi va h.k. Keyin esa application formani to'ldirishni so'radim.

9 kundan keyin xabar keldi, viza'ni tasdiqlashibdi.

Claude'ga rahmat 🙂
  • 🔥 109
  • 👍 28
  • 👏 8
  • ❤ 5
  • 😎 4
  • 😱 2
  • ⚡ 1
  • 🤯 1
Post #228 3.11K
Dasturlashni o'rganish uchun universitet tavsiya qilishni ko'p so'rashadi. Har doim imkon bo'lsa chel eldagi universitetlarga kirishni tavsiya qilganman. Ancha mustaqil bo'lishni o'rganadi.

O'zimizdagi universitetlar bo'yicha xabarim deyarli yo'q. Faqatgina o'zim o'qigan Inhani tavsiya qila olaman. Dasturlash asoslarini puxta o'rgatgan. Undan tashqari networking qilish uchun ham juda yaxshi imkoniyat beradi. Hozirda qabul davom etayotgan ekan.
  • ⚡ 32
  • 😁 8
  • 👍 4
  • ❤ 2
  • 👏 1
Post #227 4.87K
Dasturlashda ikki qiyin narsa bor:
1) O'zgaruvchiga nom berish
2) Microsoft orqali akkaunt ochish
  • 😁 217
  • 👍 8
  • ⚡ 7
  • 🔥 7
  • ❤ 3
  • 🏆 1
  • 😎 1
Post #226 5.91K
Easy 🥵😅
  • 👏 119
  • 🔥 38
  • 😁 12
  • ❤ 11
  • 🏆 9
  • ⚡ 5
  • 🕊 2
  • 👍 1
Post #225 5.89K
Hozirgi sun'iy intellekt davrida har doim o'zingizga berishingiz kerak bo'lgan savol: "Bu ishni AI yordamida qanday avtomatlashtirsam bo'ladi?"

Bu "mindset shift" (fikrlash doirasining o'zgarishi) hammaga kerak, biroq ko'pchilikda hali ham yetishmaydi.

Dasturchi: Hamkasbim yozgan kodni tekshirishni AI yordamida qanday avtomatlashtirsam bo'ladi?

Hisobchi: Har oylik hisobotni tayyorlashni AI yordamida qanday avtomatlashtirsam bo‘ladi?

Grafik dizayner: YouTube uchun muqova rasmini (thumbnail) AI yordamida qanday avtomatik yaratsam bo'ladi?

Marketolog: Raqobatchilarning marketing strategiyalari va kontentlarini AI orqali qanday avtomatik tahlil qilsam bo'ladi?

Sotuv mutaxassisi (Sales): Sotuv voronkasiga (funnel) kelgan lidlarni AI yordamida qanday saralab olsam bo'ladi?

Siz: ...?
  • 🔥 38
  • 👍 15
  • ❤ 7
  • 😱 2
Post #224 4.8K
Ulugbek Samigjonov | Blog Workshop yakunlandi. 24-yanvardan 28-fevralgacha davom etdi. 10ta ishtirokchi, 9ta dars, deyarli 30 soat ma'ruza, va ko'plab suhbat mavzulari va savollari ko'rib chiqildi. Umumiy olganda yaxshi o'tdi, ijobiy fikrlar bildirishdi, yangi insonlar bilan tanishdim.…
😎
  • 🔥 81
  • ⚡ 8
  • 👍 8
  • ❤ 3
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @ulugbeksamigjonov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ulugbek Samigjonov | Blog: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ulugbek Samigjonov | Blog have?
Ulugbek Samigjonov | Blog (@ulugbeksamigjonov) has 2.63K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ulugbek Samigjonov | Blog know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →