🎮 UIC Games va Ustoz AI hamkorlikni boshladi!
O‘zbekiston o‘yin industriyasini rivojlantirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida UIC Games hamda Ustoz AI hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 🤝
Hamkorlik doirasida o‘yin industriyasiga qiziqadigan yoshlar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv kurslarini yaratish hamda ularni Ustoz AI platformasiga joylashtirish rejalashtirilgan. 🚀
🎯 Asosiy maqsad - yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash va O‘zbekistonning game development sohasini yanada rivojlantirish.
Bu hamkorlik orqali o‘yin yaratishga qiziqadigan yoshlar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘ladi! 🔥
@uicgames
Post #228
402

- 👍 4
- 🔥 3