TGViewer
U-ENTER | Rasmiy kanal U-ENTER | Rasmiy kanal @uenteruz · 4.34K subscribers
Post #1220 1.83K
UEnter va YeTTB hamkorlikni davom ettirmoqda

🤝 Biz MicroMentor Uzbekistan dasturining ikkinchi bosqichi ishga tushirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Yangi bosqich doirasida universitetlar, moliyaviy tashkilotlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, MicroMentor platformasini inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Hamkor tashkilotlarning salohiyatini oshirish, dastur qamrovini hududlarda kengaytirish hamda mamlakatimizda biznes mentorligi madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

MicroMentor — tadbirkorlarga zarur ekspertlarni topish, amaliy tavsiyalar olish va tajribali mentorlar ko‘magida o‘z biznesini rivojlantirishga yordam beruvchi dunyodagi eng yirik biznes-mentorlik platformasi.


Havola orqali platformada mentor yoki menti sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
___

UEnter и ЕБРР продолжают партнерство

🤝 Мы рады сообщить о запуске второй фазы программы MicroMentor Uzbekistan.

В рамках новой фазы особое внимание будет уделено развитию партнёрств с университетами, финансовыми организациями и институтами поддержки предпринимательства, а также интеграции MicroMentor в программы инкубации и акселерации.

Продолжится работа по укреплению компетенций партнёрских организаций, расширению регионального охвата и популяризации культуры бизнес-наставничества в стране.

MicroMentor — крупнейшая в мире платформа бизнес-наставничества, которая помогает предпринимателям находить необходимую экспертизу, получать практические рекомендации и развивать бизнес при поддержке опытных наставников.


Зарегистрироваться на платформе в качестве ментора или менти можно по ссылке.

@uenteruz

Telegram | Instagram | LinkedIn |Website
  • ❤ 8
  • 🔥 5
  • 👍 3
  • 👏 1
More from @uenteruz
  1. Sep 15, 2026✨ Texnologiyalar va kreativlik uyg‘unlashganda Women Cup dasturi doirasida ishtirokchilar…
  2. Sep 11, 2026🏆 U-ENTER CUP 2026 — futbol chorlamoqda! ⚽️ Sport kayfiyatini, faol hayot tarzini va jamo…
  3. Sep 10, 2026🧑‍💻 Java noldan — UEnter’dan yangi onlayn kurs Dasturlashga ilk qadamlarni qo‘yishni va…
  4. Sep 8, 2026UEnter Green Youth Cup inkubatsiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabulini boshla…
  5. Sep 8, 2026Women Cup dasturi doirasida Human House markazida sayyor sessiya bo'lib o'tdi Human House…
  6. Sep 5, 2026🌠 O‘zbekistonda yoshlarning texnologik g‘oyalari qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda? Mustaqill…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →