Hujjatlarini tekshirish vaqtida mazkur harakat vositasini boshqarib kelayotgan M.T ismli fuqaro hech qanday hujjat taqdim etmaganligi sababli, unga huquq va majburiyatlari tushuntirgan holda O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 135-moddasi 2-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib harakat vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
👮♂️ Holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
📶 Shu o`rinda eslatib o`tamizki, Vazirlar Mahkamasining 30.03.2026-yildagi 125-son qarori bilan samokat, sigvey, monog‘ildirak singari individual harakatlanish vositalaridan tashqari moped va skuterlar, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3 gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarish uchun «A-1» kichik toifali haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda barcha harakat vositalari haydovchilarida belgilangan tartibda tegishli hujjatlari bo`lmagan transport vositalarini boshqarmasliklarini va amaldagi yo`l harakati qoidalariga to`liq rioya qilgan holda harakatlanishlarini so`rab qolamiz.
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.