🚸 Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan Yunusobod tumanidagi 247-sonli umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o‘quvchilari ishtirokida "Yo'l harakati qoidalari bilimdoni" mavzusida qiziqarli va mazmunli viktorina tashkil etildi.
⁉️ Tadbir davomida o‘quvchilar yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha berilgan savollarga faol javob berib, o‘z bilimlarini namoyon etdilar. O‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga doimo amal qilish, piyodalar yo‘laklaridan foydalanish hamda o‘z xavfsizligiga befarq bo‘lmaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Post #40102
555


- 👍 2