🚦 YO‘L HARAKATI INTIZOMI — BOLALIKDAN BOSHLANADI
📍 Mirobod tumanidagi 154-sonli umumta’lim maktabida “Yo‘l harakati intizomi — bolalikdan boshlanadi” shiori ostida o‘quvchilar bilan targ‘ibot-tushuntirish uchrashuvi o‘tkazildi.
👮♂️ Tadbirda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Toshkent shahar YHXB xodimlari ishtirok etdi.
🛣 Uchrashuv davomida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish, svetofor ishoralariga amal qilish va yo‘llarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tushunchalar berildi.
👧🧒 Shuningdek, bolalarning yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘lda ehtiyotkor va mas’uliyatli harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
☑ Yo‘l harakati xavfsizligi — bolalikdan shakllanadigan muhim ko‘nikma!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🟢Bizni kuzating:
📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK
Post #39892
886
Forwarded from Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi









