ANORBANK kapitalni mustahkamlash rejasini amalga oshirmoqda
5-oktabrda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi 100 mlrd so‘mlik qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini tasdiqladi. Endi kapitalizatsiya rejasi alohida aksiyador bilan bog‘liq holatlarga bog‘liq emas.
2-oktabrda bank aksiyalarining 49,4 foiziga egalik qiluvchi Qahramonjon Olimov Kuzatuv kengashidan chiqish to‘g‘risida ariza berdi. Masala 28-oktabrda ko‘rib chiqiladi.
Bank odatdagi tartibda ishlamoqda va barcha prudensial normativlarga rioya qilmoqda (1-sentabr holatiga):
• yuqori likvidli aktivlar — 16,9% (talab — 10%);
• LCR — 116%;
• NSFR — 128% (talab — 100%);
• kapital yetarliligi — 13% (talab — 12%).
Fitch o‘z metodologiyasida nomoddiy aktivlarni, jumladan, bank mulk sifatida sotib olgan skoring, CRM va boshqa tizimlarni hisobga olmaydi. Shu sababli Fitch bo‘yicha asosiy kapital 2025-yil yakunida 0,9% bo‘lgan. Reja uni 2026-yil oxirigacha 5% ga yetkazishni ko‘zda tutadi — qo‘shimcha emissiya aynan shunga qaratilgan.
Fitch bank bozorga chiqish va likvidlik zaxirasini saqlasa, reytinglarni tasdiqlashi mumkinligini bildirgan
Post #136539
73.9K
