TGViewer
Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal @tviib · 11.4K subscribers
Post #24953 1.27K
⚡️ Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining BAYRAM TABRIGI

Aziz ustoz va murabbiylar, Siz azizlarni yurtimizning qutlug‘ ayyomlaridan biri "1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi va shaxsan o‘zim nomimdan chin qalbdan muborakbod etaman.

Bugungi kunda yosh xodimlarni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularning kasbiy saviyasini yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash jarayonlariga keng jalb etishda ustoz va murabbiylarning xizmatlari beqiyosdir.

Ko‘p yillik faoliyati davomida orttirgan bilim va boy tajribasini yosh avlodga o‘rgatib, ularni kasbga sadoqat, Vatanga muhabbat va yuksak mas’uliyat ruhida tarbiyalash – ustozlarimizning ezgu burchi bo‘lib kelmoqda.

Shu orqali ular nafaqat tizimda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli ijrosiga, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, mashaqqatli mehnatlaringizda bardavom zafarlar tilayman. 

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Abduvosit Abdurazakov,
Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i,
polkovnik
.



| Telegram | Youtube | Сайт | Instagram |
  • ❤ 2
  • ✍ 1
  • 👏 1
  • 🤝 1
  • 🫡 1
More from @tviib
  1. Oct 1, 2026⚡️ Toshkent viloyati IIBB — Biz haftada 7 kun 24 soat siz bilan birgamiz, yordamga tayyorm…
  2. Oct 1, 2026Hamisha eʼzozdasiz aziz ustozlar! “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” ——— Ҳамиша…
  3. Oct 1, 2026💐 Toshkent viloyati IIBB barcha aziz ustoz va murabbiylarni bugungi kasb bayrami bilan sa…
  4. Oct 1, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
  5. Oct 1, 2026#Bugun 💐 Bugun, 1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni, kasb bayrami (video) | Telegr…
  6. Oct 1, 2026🌦 #Ob_havo Bugun, 1-oktyabr Payshanba — Toshkent viloyatida havo o'zgarib turadi, yomg'ir…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →