#Tungi_xizmat
⚡️ Toshkent viloyati bo‘ylab IIO xodimlari kuchaytirilgan tungi xizmat faoliyatiga kirishdilar (video)
Viloyatimiz bo‘ylab jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida keng masshtabli kuchaytirilgan tungi xizmat faoliyati tashkil etilmoqda.
Xususan Toshkent tumanida bo‘lib o‘tgan xizmat oldi yo‘riqnomasida, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Ziyod Iminov ishtirok etib, tungi xizmatga kirishgan xodimlarga faoliyatda ahamiyat qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar, mas’uliyat va hushyorlik borasida ko‘rsatmalar yetkazildi.
Xodimlar saf yurishi bilan joylarga tarqatilib, aholi tinchligini ta’minlash uchun xizmatga kirishdilar. Tungi nazorat tadbirlari davomida fuqarolarimizni xizmatdagi ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablarini bajarishga chaqiramiz.
| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте |
Post #24843
2.13K


