#talaba_manfaati
Iqtisodiyot va menejment kafedrasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Bahodir Eshchanov ishtirokida startap loyihalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kafedraning xorijlik o‘qituvchisi Muhammad Harun Al Imron bilan talabalarning xalqaro startap loyihalari, innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish va istiqbolli g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish va innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Post #21077
1.84K






- ❤ 4
- 🔥 4
- 👍 3
- 👏 2
- ⚡ 1