TGViewer
CHDPU | Rasmiy kanal CHDPU | Rasmiy kanal @tvchdpi2017 · 12.4K subscribers
Post #20886 5.27K
#Rektor

Rektor talabalar bilan ochiq muloqot qildi: «Sizning yutuqlaringiz ota-onangizning umrini uzaytiradi»

Chirchiq davlat pedagogika universitetida talabalarning murojaat va takliflarini bevosita o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga joyida yechim topish maqsadida universitet rektori, O‘zbekiston fan arbobi G‘ofurjon Isroilovich Muxamedovning talabalar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi.

Universitet rektori bilan kechgan ochiq muloqotda talabalar ta’lim jarayoni, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yaratilgan imkoniyatlar, universitet hayoti hamda o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdi.

Uchrashuv faqat muammolar va murojaatlar bilan cheklanib qolmadi. Suhbat davomida talabalarning maqsadlari, orzu-intilishlari, kelajak rejalari va o‘z ustida ishlashi haqida ham fikr almashildi.

Rektor yoshlarni katta maqsadlar sari intilish, bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirishga chaqirar ekan, ota-onalar ishonchini oqlash masalasiga ham alohida to‘xtaldi.

“Sizning har bir yutug‘ingiz — avvalo, ota-onangizning quvonchi. Sizning muvaffaqiyatingiz ularning qalbiga kuch, umriga umid qo‘shadi. Shu bois, har biringiz o‘z oldingizga katta maqsad qo‘yib, unga intilishingiz kerak. Sizning har bir yutug‘ingiz ota-onangizning umrini uzaytiradi”, — dedi rektor.


Suhbatda talabalarga ilmiy-tadqiqot va ijodiy loyihalarda faol ishtirok etish, yangi tashabbuslarni ilgari surish hamda universitetda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Universitet Axborot xizmati
  • ❤ 26
  • 👏 8
  • 🔥 2
  • 🥰 2
More from @tvchdpi2017
  1. Oct 10, 2026#chumoliMedia 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Chirchiq davlat pedagogika…
  2. Oct 10, 2026#HuaweiOʻzbekiston Huawei O‘zbekiston talabalarini har yili o‘tkaziladigan “Huawei ICT Com…
  3. Oct 9, 2026#Universitetim_gazetasi 🗣 Universitet gazetasining “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishla…
  4. Oct 9, 2026🏐 O‘ZBEKISTON KUBOGI | AYOLLAR O‘RTASIDAGI NATIJA Toshkent shahrida davom etayotgan voley…
  5. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
  6. Oct 9, 2026🔹Rus adabiyotshunosligi kafedrasi «O‘zbekistonda rus tili haftaligi» tadbirlarida ishtiro…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →