Filialning Jamoat salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasida “Gigiyena, harbiy gigiyena va tibbiy ekologiya” fanidan ochiq amaliy mashg‘ulot darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotda “Energiya xarajatlarini hisoblash bilan individual ovqatlanishning yetarliligini baholashi” mavzusi keng yoritilib, ovqatlanish orqali organizmda energiya hosiln bo'lishi hamda uning sarflanishi va to'g'ri ovqatlanish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.
Dars davomida talabalar mavzu yuzasidan amaliy tahlillar olib borib, zamonaviy yondashuvlar asosida o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.
Ochiq amaliy mashg‘ulot ass. Roziqov Ubaydullo Alisher o'g'li tomonidan olib borildi.
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube |Web-sayt