🎨 Mazkur master-klass davomida ishtirokchilar milliy taqinchoqlar yasash asoslari, bezak elementlari, ranglar uyg‘unligi hamda zamonaviy dizayn yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalar o‘z ijodiy g‘oyalarini hayotga tatbiq etish va o‘ziga xos uslub yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🌸 Master-klass jarayoni qiziqarli va interaktiv tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yangi bilim va ilhom manbaiga ega bo‘lishdi.
✨ Ijodiy muhit, iliq kayfiyat va yangi tajribalar bilan boyigan ushbu master-klass barchada unutilmas taassurot qoldirdi 💫
📲 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram