Mazkur masterklass davomida ishtirokchilar turli munchoqlar, durlar va shu kabi dekorativ bezaklar yordamida "Mosh Loyalty" uslubida bir nechta logotip/applikatsiyalarni yaratishdi.
Ushbu ijodiy tadbir faqatgina talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantiribgina qolmay, ular orasida do'stona munosabatlar va jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga ham hissa qo'shdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda hunar o‘rganishga bo'lgan ishtiyoqini oshirishdan iborat bo'ldi.
Tadbir juda ham qiziqarli va interaktiv tarzda o'tdi. Tadbir so'nggida ishtirokchilar klubimiz faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida o'z fikr va takliflarini bildirdilar.
📱 Telegram 📱 Instagram