🤩 Universitetimizda 20 dan ortiq klublar faoliyat yuritadi. Klublar uchun asosiy faoliyat kuni shanba etib belgilanganini inobatga olsak, ayrim tadbirlarning bir vaqtda o‘tkazilishi tabiiy holat.
📌 Tadbirlar vaqti tashkiliy jamoa a’zolarining imkoniyatlari hamda boshqa tashkiliy omillarni hisobga olgan holda belgilanadi. Shu bois, ba’zan bir nechta klub tadbirlari vaqt jihatidan ustma-ust kelishi mumkin.
Bunday holatlarni to‘g‘ri qabul qilishingizni so‘raymiz. Sizda tanlov imkoniyati bor: o‘zingiz uchun qiziqarli va foydali deb hisoblagan klub tadbirni tanlang hamda unda ishtirok eting.
✨ Muhimi, vaqtingizdan unumli foydalaning, yangi bilimlar oling va o‘z tajribangizni boyiting!
Tushunishingiz uchun rahmat!
Hurmat bilan, TSUE WikiClub jamoasi.
🌎ikiClub rasmiy sahifalari
❤ Telegram || 📷 Instagram || 📸 Gallery