ehtirom!
🎓Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment fakultetining barcha professor-o‘qituvchilari, ustoz va murabbiylarini 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan samimiy tabriklaydi!
✨Hurmatli professor-o‘qituvchilarimizning ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnati, ilmiy izlanishlari va shogirdlar kamoliga qo‘shayotgan munosib hissasi yuksak e’tirofga loyiq.
🖼Ustoz — ilm va ma’rifat timsoli, yosh avlodga bilim va tarbiya berib, kelajak poydevorini yaratuvchi ulug‘ kasb egasidir.
💐Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!
📌Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱Telegram 📱Instagram