TGViewer
TROLL.UZ TROLL.UZ @trolluz · 78.7K subscribers
Post #13924 24.7K
Men yurtimni sevaman, menga yurtim yoqadi.
Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi.

Svet ham ketdi, suv ketdi
Gaz ham yonmas, shukr bor,
Bu dunyoda hech odam
emas mendek baxtiyor.

Narxlar oshsa jilmayib,
Soliqlarga kulaman.
Chap cho’ntakni titishsa,
O’ngin ochib turaman.

Buyuk o’tmish bor, lekin
kelajakdan darak yo’q,
Ha mayli tinch qulog’im, qorin ham deyarli to’q.

Har tong qarab oynaga,
deyman "mening yurtim zo’r".
Osmonlari musaffo, qonunlari ustuvor!
Ko’rolmaslar bor, lekin
men ulardan biri mas.
Muammolar jonimni tikishimga arzimas.

Oson yashay desangiz,
maslahatim olvoling:
O`zingizni ozgina jinnilikka solvoling.
Yashashga emas bizni,
imtixonga tashlabdur.
Pirim o`sha kovushsiz,
devona-i Mashrabdur.

G’am so’zidan o’zimga
shodlik so’zin yasayman
Men shunaqa, yurtimni
Juda sevib yashayman.

Uyda chiroq, gaz va suv yo’qligida ilhomlangan edit. (c) Marhabo Karimova

@trolluz
  • 👍 474
  • 😁 234
  • ❤ 50
  • 😢 49
  • 🔥 29
  • 👎 6
More from @trolluz
  1. Sep 26, 2026Bilmaganlar bo’lsa, bu Tohir Mahkamovning “Men o’zimni sevaman” degan qo’shig’idan: She’r…
  2. Sep 17, 2026Post #13923
  3. Sep 17, 2026Post #13922
  4. Sep 16, 2026Xullas, men o’z missiyamni bajardim shekilli. Endi janazasini e’lon qilishlarini kutib yur…
  5. Sep 16, 2026“Undan ko’ra GM ni yozing” degan izohlar ko’rdim. Uni yozishga hojat qoldimi o’zi? Kimdir…
  6. Sep 16, 2026Yap-yangi tarix pro maxni kutib qolamiz. - Будем ждать новую историю про макс. @trolluz
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →