Futbol seni tark etmasidan, sen futbolni tark et...
Afsuski, Ronalduning terma jamoadagi yakuniy hikoyasi og'riqli bo'lmoqda. U kelgunga qadar Portugaliya hech nima yutmagandi, undan keyin ikki karra Millatlar ligasi va Yevroni qo'lga kiritdi. Terma jamoasining eng yaxshi to'purariga aylandi. Albatta, hamma narsani u qilmadi, futbol jamoaviy o'yin. Lekin afsona bunday xayrlashishga loyiq emas edi. Ronaldu federatsiya va bosh murabbiy bilan kelisholmay Portugaliya bazasini tark etdi va hozirda Madrid shahrida bo'lib turibdi.
Ko'pchilikning fikriga ko'ra, Ronaldu JChdan keyin terma jamoadagi faoliyatini tugatishi kerak edi. Alamlisi, uning azaliy poygadoshi Lionel Messi umuman boshqa kayfiyatda termadan ketmoqda.
🏟 @Tribuna obuna bo'ling👇
https://t.me/+VUxAfdHNfFuWa1yg
Post #18257
21.5K
