TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.2K subscribers
Post #66708 966
#baxshichilik_kechasi

Kumushkonda “Go‘ro‘g‘li dostoni avlodlar ovozida” baxshichilik kechasi yakunlandi

Parkent tumanining Kumushkon hududida ikki kun davom etgan “Go‘ro‘g‘li dostoni avlodlar ovozida” baxshichilik kechasi yakunlandi.

Respublikamizning turli hududlaridan kelgan ijrochi yoshlar va sanʼat ustalari ishtirokidagi tadbirda xalq og‘zaki ijodining nodir namunalari yangrab, baxshichilik san’atining o‘ziga xos an’analari va ijro mahorati namoyon etildi.

Kechaning ikkinchi kunida baxshilar o‘zaro bellashib, tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashdilar.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar eʼtirof etildi.

Xususan, bellashuvlarda surxon baxshisi Ziyodulla Ahmedov 1-o‘rin, xorazmlik Rasul baxshi Abdurahmonov 2-o‘rin, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ishtirok etgan Uldaulet Sarsenbayeva esa 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar pul mukofotlari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar Toshkent viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandilar.


Mazkur baxshichilik kechasi milliy san’atimizni keng targ‘ib etish, xalq dostonchiligini asrab-avaylash va uning boy an’analarini kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 18, 2026🔴🟦🟦 #baxshichilik "Go‘ro‘g‘li dostoni avlodlar ovozida" baxshichilik kechasidan fotolav…
  2. Oct 18, 2026🔴🟦🟦 #baxshichilik_kechasi Ayni paytda Parkent tumanining so‘lim Kumushkon hududida «Go‘…
  3. Oct 18, 2026#baxshiyona No comment / Go‘ro‘g‘li dostoni avlodlar ovozida. Parkent tumani, Kumushkon qi…
  4. Oct 18, 2026#telenigoh Qibray tuman texnikumida yo‘lga qo‘yilgan dual ta’lim tizimi 600 nafardan ziyod…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →