#Сен_истеъдодлисан
✨ 54 NAFAR O‘QUVCHI, 54 OLAM ISTЕ’DOD!
⭐ Iste’dodni ko‘ra bilish, bolaning o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlash demakdir.
🔵 Angren shahrida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman!” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
🎨 Unda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida uyda yakka tartibda hamda inklyuziv ta’lim olayotgan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 54 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
✅ Maktab bosqichida saralangan ishtirokchilar “Vokal-cholg‘u va an’anaviy ijrochilik” hamda “Tasviriy san’at” yo‘nalishlarida o‘z qobiliyat va mahoratlarini namoyish etdi.
🏅 Tanlov yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
⭐ Har bir bolaning “Men ham qodirman!” degan ishonchi ortida uning iste’dodiga qaratilgan e’tibor bor.
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot




