✨ Termiz iqtisodiyot va servis universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida erishgan natijasini tasdiqlovchi sertifikatni qabul qilib oldi.
☄️Universitetimiz dunyoning 110 mamlakatidan 2 016 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etgan mazkur nufuzli reytingda dunyo bo‘yicha 486-o‘rinni egallab, xalqaro miqyosdagi natijasini yana bir bor mustahkamladi.
📊 Universitetimizning reytingdagi natijalari:
🌐 Dunyo bo‘yicha — 486-o‘rin;
🟢 Osiyoda — 279-o‘rin;
🇺🇿 O‘zbekiston OTMlari orasida — 10-o‘rin;
📌 Nodavlat OTMlar orasida — 10-o‘rin;
📍 Surxondaryo viloyati OTMlari orasida — 1-o‘rin.
🗣️ Mazkur sertifikat universitetda ekologik mas’uliyat, barqaror kampus muhitini shakllantirish, energiya va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda yashil taraqqiyot tamoyillarini ta’lim va boshqaruv jarayonlariga tatbiq etish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning xalqaro e’tirofidir.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter



