Polo tropik sikloni 🌀 — Tinch okeanining sharqiy qismida, Meksika qirgʻoqlari yaqinida yuzaga kelgan gʻoyat kuchli va xavfli tropik siklon. U qisqa muddat ichida keskin kuchayib, eng yuqori 5-toifadagi dovul darajasiga yetgan.
🌪️ Maksimal shamol tezligi: Toʻfon eng kuchaygan nuqtasida shamol tezligi soatiga 290 km (180 mph) ga yetdi. Bu koʻrsatkich bilan u ushbu hududda kuzatilgan tarixdagi eng kuchli boʻronlardan biriga aylandi.
📉 Boʻron markazidagi minimal atmosfera bosimi 892 gPa koʻrsatkichni qayd etdi. Bu uni Tinch okeani sharqidagi tarixda qayd etilgan ikkinchi eng kuchli dovulga aylantirdi (1-o'rinda 2015-yildagi "Patrisiya" tropik sikloni).
Olimlarning taʼkidlashicha, boʻronning atigi 24-42 soat ichida oddiy siklondan 5-toifali dahshatli tropik siklonga aylanishiga (oʻta tez intensivlashuv) Tinch okeanidagi rekord darajadagi El-Ninyo iqlim hodisasi sabab boʻlgan. 🌊🔥
🌍@terrax_uz
Post #1881
644

- 👍 6
- ❤ 1