Tesla yangi Roadster modelini namoyish etdi
Ilk bor taqdim etilganidan qariyb to‘qqiz yil o‘tib, Ilon Mask Tesla Roadster modelining yangi avlodini namoyish etdi. Taqdimot haqiqiy kaskadyorlik shousiga aylandi.
Elektromobil ulkan egri rampaga ko‘tarildi, g‘ildiraklari yuqoriga qaragan holda havoda muallaq turdi, so‘ng undan sakrab tushdi, havoda aylanib, yerga ravon qo‘ndi. Shundan keyin Roadster bir nechta Tesla avtomobillari, jumladan, Cybertruck va Semi yuk mashinasi ustidan tom ma’noda sakrab o‘tdi.
Bularning barchasi Tesla va SpaceX kompaniyalarining hamkorlikdagi ishlanmalari tufayli amalga oshdi. Ular orasida avtomobilni sirtga mahkam yopishtirib turadigan kuchli ventilyatorlar hamda qisqa muddatli parvozlarni amalga oshirish va avtomobilning havodagi holatini boshqarish imkonini beruvchi siqilgan gazda ishlaydigan maxsus dvigatellar bor.
Asosiy xususiyatlari:
• Namoyish vaqtida 97 km/soat tezlikka 0,81 soniyada erishgan.
• Maksimal tezligi — 370 km/soatdan yuqori.
• Bir quvvatlanishda yurish masofasi — 480 km dan ortiq.
• Uchta modifikatsiya: Performance, Thrust va Rocket. Oxirgi versiya to‘laqonli havo tezlatkichlari tizimiga ega bo‘ladi va unda atigi bitta o‘rindiq bo‘ladi.
Ishlab chiqarishni 2028-yilda boshlash va’da qilinmoqda. Vaholanki, Tesla 2017-yildayoq Roadster modelini 2020-yilda ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Hozircha narxlar noma’lum, biroq ayrim versiyalarni oldindan band qilish uchun allaqachon 50 000 dan 250 000 dollargacha mablag‘ so‘ralmoqda.
Bu tayyor seriyali avtomobildan ko‘ra, muhandislik imkoniyatlarining namoyishiga ko‘proq o‘xshaydi. Bundan tashqari, uchuvchi versiya umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan.
Ammo namoyish haqiqatan ham taassurot qoldirdi!
Post #3359
4.63K







- 👍 54
- ⚡ 11
- ❤ 7
- 👏 5
- 😱 2
- 🎉 1