2-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Technovation Global Celebration Event tadbiriga qo‘shiling!
Bu mavsumda 100 mamlakat jamoalari texnologiya va sun’iy intellekt yordamida ijtimoiy muammolarning 3600 dan ortiq yechimini yaratdilar. Ular orasida siz – 🇺🇿O‘zbekistonning 143 jamoasi ham bor!
2-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirda butun dunyo bo‘yicha mintaqaviy g‘oliblar (biz Osiyo mintaqasida bellashyapmiz) hamda kuzda Hindistonning Bangalor shahrida o‘tkaziladigan Technovation Girls World Summit’ga yo‘l oladigan finalchi jamoalar e’lon qilinadi.
❗️O‘zbekistonlik 12 yarim finalchi jamoada g‘alaba qozonish imkoniyati bor. Jamoalarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularga muxlislik qilish uchun bizga qo‘shiling!
Ro‘yxatdan o‘tish: https://luma.com/0dwl72qv
Tadbirga kirish havolasi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga tadbir boshlanishidan bir soat oldin elektron pochta orqali yuboriladi.
Post #4969
700

- ❤ 3
- 🔥 1