TGViewer
Teamwork.uz (фриланс площадка) Teamwork.uz (фриланс площадка) @teamwork_uz · 9.43K subscribers
Post #2761 1.25K

Forwarded from Dr. Algorithm

SI davri - qiziq

Ajoyib zamonda yashavommiz.

Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmoqda.


Bir vaqtlar Google endi chiqqanida izlash uchun so‘zlarni tanlashga qiynalar edik. Keyinchalik esa chala yozsa ham o‘zi to‘g‘rilaydigan, sizga mos narsa ko‘rsatadigan bo‘lgan edi.

SI bilan ham shunday bo‘lmoqda. Avval muxandislar ishlatishni boshladi, keyin huquqshunoslar va hujjatlar bilan ishlaydigan hodimlar.

Hozir esa hamma ishlata oladi. Qanday ishlashini bilishi ham shart emas. Ishini bajartira oldimi? - bo‘ldi.

~~~

Bir tanishim korxona yuritadi. Hali SI bilan juddiy kirishmagan edi.

Gap orasida ishini osonlashtirishi, falon SIni ishlatib ko‘rishini aytgan edim. Keyingi hafta oldiga o‘tsam qilgan ishlarini aytib berdi.

SIni web orqali CoWork rejimini ishlatib ko‘ribdi. Desktop bor ekanini bilmagan.
O‘zi qiladigan ba’zi hisobotlarni qildirib ko‘rdi. Hisoblab, ishlab beribdi.
Ma’lumotlar Odooda turadi. Ulana olsanmi? - desa, ha degan va ulanib ma’lumotlarni olib chiqishni boshlagan.

Odatda 1 oylik muddat hisobotini 7 kun qilishar ekan. Keyin kamchiliklar, mujozlar fikrlari (feedback)larni tahlil qilishga yana 10 kun. Bu degani agar ish sekinlarsa va 1 hafta cho‘zilsa, keyingi oyga o‘tib ketadi.

Shuni qilmaslik uchun SI yordamida shu 7 kunda qiladigan ishlarini birma-bir yozib chiqibdi. 2 soatda hammasini qilib berdi, - deydi.

$20 lik Pro paketini olgan. Agar $100 lik ni olsa, bilmadim qanchalik ish qildirib tashlar edi.

Keyin 6 oy orqaga qaytarib, eski hisobotlarni ham qayta hisoblatibdi.

Eng qizig‘i, SI eski oylarda xato kiritilgan muammolarni topib, tuzatishni taklif qilibdi:
- xodim bitta joyda 200 soat ishlagan (aslida 1 kunda 8 soat ishlaydi)
- mijoz loyihasini 3 oyda tugatilgan (aslida 15 kunda tugagan)
kabi.

1 kun o‘tirib olgan natijalaridan xursand bo‘lib, xodimlarini yig‘ibdi. Majlis qilib, ular bilan yangi rejalar, Si bilan tahlil usullarini gaplashib chiqqan.

~~~

Nima demoqchiman?

Agar siz sohangiz mutaxassisi bo‘lsangiz, siz SIni tez o‘rganasiz.
Sohangizni mukammal bilishingiz SI oddiy yordamchi bo‘lib qolishini bildiradi.
Fikrlash doim sizda bo‘ladi. SI siz uchun fikrlab bera olmaydi.


SI mening ishimni olib qo‘yadimi? - Yo‘q.
deyishga yaxshi misol bo‘ldi.

Xulosa

SIni ishlatishni boshlang. Tekini emas, pullik variantini ishlating, siz uchun juda katta ilm ochiladi.

08.10.2026 London
@DrAlgorithm
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @teamwork_uz
  1. Oct 12, 2026Ўрганишни ўрганиш. Жаҳон тиллари университетида ўқиганимизда Study Skills деган фан бўлард…
  2. Oct 4, 2026Buyurtma №1399 — #aktiv 👨‍💻 Mavzu: Meta Business Verification bo‘yicha mutaxassis kerak…
  3. Sep 26, 2026Ushbu videoni Claude’da 18 daqiqada tayyorladim. Bundoq qarab turibman, haqiqatan ham yer…
  4. Sep 25, 2026Buyurtma №1396 — #aktiv 👨‍💻 Mavzu: Menejer kerak kompanyaga 📝 Vazifa: Iltimos toʻliq oʻ…
  5. Sep 25, 2026Buyurtma №1398 — #aktiv 👨‍💻 Mavzu: Menejer kerak kompanyaga 📝 Vazifa: 🚀 MOVEXGO JAMOAS…
  6. Sep 6, 2026Buyurtma №1391 — #aktiv 👨‍💻 Mavzu: Ovqat yetkazish ilovasi kerak tayyor yechim 📝 Vazifa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →