TGViewer
TDIU | Soliq va budjet hisobi fakulteti TDIU | Soliq va budjet hisobi fakulteti @tdiu_sbh · 1.98K subscribers
Post #8856 464
Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

💠 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakulteti dekani L. Zoyirov, dekan o‘rinbosari S. Eshniyazov hamda Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va talabalar bilan manzilli ishlash bo‘limi tyutorlari tomonidan fakultetda tahsil olayotgan, ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olish va ularning yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔅 O‘rganish davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati hamda mavjud xavfsizlik talablari ko‘zdan kechirildi.

🟢 Shuningdek, talabalarga is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘in xavfi, suvda cho‘kish, oziq-ovqatdan zaharlanish, botulizm va quturish kabi xavf-xatarlardan saqlanish yuzasidan tushuntirish hamda profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔻 Mazkur o‘rganish ishlari talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijara xonadonlarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga qaratilgan.

Soliq va budjet hisobi fakulteti


🔵 Telegram | 🟥 Instagram
  • ❤ 3
More from @tdiu_sbh
  1. Oct 16, 2026❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 “Ijtimoiy faollik indeksi” doirasidagi asarlar ro‘yxatini bilasizmi? ✅ Jor…
  2. Oct 16, 2026❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 🇺🇿TDIUni birga yaxshilaymiz! 📰Universitetimizni yanada yaxshi qilishga…
  3. Oct 15, 2026🟦🟦🟦 Talabalarning ijara xonadonlari o‘rganilmoqda ☑️ TDIUda fakultet mas’ullari va tyut…
  4. Oct 15, 2026🇺🇿 Joriy yilning 15-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Tyutorlar faoli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →