🇺🇿2026-yil 6-oktabr kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishi ST-50/24 va ST-51/24 guruhlari talabalari uchun “Soliq va soliqqa tortish” kafedrasi katta o‘qituvchisi, DSc M. Qurbonov tomonidan ochiq dars tashkil etildi.
💻 Dars davomida talabalarga SIAIJ-5 dasturida ishlash, soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini yuritish, soliq va penya hisob-kitoblari, mavjud qarzdorliklar hamda ortiqcha to‘langan soliq summalari bilan ishlash tartibi tushuntirildi.
🎓 Ochiq dars talabalarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy raqamli tizimlardan foydalanish bo‘yicha tajribasini mustahkamlashga xizmat qildi. Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
📱Telegram 📱Instagram

