TDIU vakillari universitetning Andijon fakultetiga tashrif buyurishdi
☑️ Tashrif davomida fakultetdagi ta’lim jarayoni, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi.
✅ Jumladan, quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🟠Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida amalga oshirilgan ishlar;
🟠Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari;
🟠O‘quv xonalarining ta’lim vositalari bilan jihozlanganligi;
🟠Isitish tizimining holati;
🟠Talabalarning ijtimoiy faolligi va boshqa tegishli masalalar.
▶️TTJdagi yashash sharoitlari bo‘yicha mavjud kamchiliklar qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan kelishib olindi.
🔥 Shuningdek, ta’lim jarayonini takomillashtirish, talabalarga qulay sharoitlar yaratish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram





