Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va yangi imkoniyatlar — rahbariyat e’tiborida
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati universitetning Pediatriya kampusidagi talabalar turar joylariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, mavjud infratuzilma hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mazkur to‘garaklar a’zolari ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda talabalik hayotini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif yakunida universitet rahbariyati talabalar uchun yangidan barpo etilayotgan talabalar turar joyi qurilishi bilan ham tanishdi. Qurilish jarayoni va kelgusida talabalar uchun yaratilishi rejalashtirilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Bunday tashrif va uchrashuvlar talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda universitetda yoshlar uchun qulay va zamonaviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok
Post #40673
2.06K








