TGViewer
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy @tashmeduni · 21.1K subscribers
Post #40653 2.24K

Forwarded from Edu.uz

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabidagi ta’lim modellarini o‘rgandi.

Ibn Xaldun universitetining asosiy tamoyili — intellektual mustaqillik. Bu yerda talabaga mustaqil va tanqidiy fikrlash, turli yondashuvlarni qiyoslash va o‘z g‘oyasini yaratish o‘rgatiladi. Universitet ta’limi ko‘p tilli va xalqaro muhitga yo‘naltirilgan.

“Yenidog‘u” maktabida esa bolaning qiziqishi, fikrlashi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, o‘z salohiyatini kashf etishiga yordam berish asosiy o‘rinda turadi. Bu yerda nazariyani hayot bilan bog‘laydigan maxsus ustaxonalar, loyihalar va amaliy mashg‘ulotlarga ham katta urg‘u beriladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 7
  • 👍 3
More from @tashmeduni
  1. Oct 15, 2026💙💙💙 🔺 TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI ➡️ “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA…
  2. Oct 15, 2026#No_comment 🟡 ❤️❤️❤️ ❗️Toshkentda O‘zbekiston endokrinologlarining IV xalqaro kongressi —…
  3. Oct 15, 2026#SavolJavob #30foizchegirma Pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasi…
  4. Oct 15, 2026🔸 “Munozara” respublika turnirining Toshkent shahar hududiy bosqichi doirasida 4-guruh o‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →